1000 tadan 1 kishi jannatga kirishi

Assalomu alaykum! Hadisda 1000 odamdan bir kishi jannatga kiradi deyilgan ekan. Demak jannatga raqobat katta. Savol: agar musulmonlar da’vat qilmasa raqobat kamayadi degan fikr keldi menga va bundan o‘zim qoniqmadim. Chunki da’vatda buyuk ajr borku? Shu fikrlarimni to‘g‘irlab qo‘yaylik iltimos!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisi sharifni noto‘g‘ri tushungansiz. Jannatga kiruvchilar soniga biror chegara qo‘yilmagan. Kim mo‘min bo‘lib, solih amal qilib, uning noma’i a’moli o‘ng tarafdan berilsa albatta jannatga kiradi. Hadisi sharifda aytilgan sonlar bu jannat ahlining do‘zax ahliga nisbatan ozroq ekanini bildirish uchundir. Bu qat’iy hisob-kitob emas. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَيَقُولُ اللهُ تَعَالَىيَا آدَمُفَيَقُولُلَبَّيْكَ وَسَعْدَيْكَ، وَالْخَيْرُ فِي يَدَيْكَفَيَقُولُأَخْرِجْ بَعْثَ النَّارِقَالَوَمَا بَعْثُ النَّارِ؟ قَالَمِنْ كُلِّ أَلْفٍ تِسْعَمِائَةٍ وَتِسْعَةً وَتِسْعِينَ، فَعِنْدَهُ يَشِيبُ الصَّغِيرُ،  كُلُّ ذَاتِ حَمْلٍ حَمْلَهَا وَتَرَى النَّاسَ سُكَارَى وَمَا هُم بِسُكَارَى وَلَكِنَّ عَذَابَ اللَّهِ شَدِيدٌ». قَالُوايَا رَسُولَ اللهِ، وَأَيُّنَا ذَلِكَ الْوَاحِدُ؟ قَالَ: «أَبْشِرُوا، فَإِنَّ مِنْكُمْ رَجُلٌ، وَمِنْ يَأْجُوجَ وَمَأْجُوجَ أَلْفٌ». ثُمَّ قَالَ: «وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ، إِنِّي أَرْجُو أَنْ تَكُونُوا رُبُعَ أَهْلِ الْجَنَّةِ». فَكَبَّرْنَافَقَالَ: «أَرْجُو أَنْ تَكُونُوا ثُلُثَ أَهْلِ الْجَنَّةِ». فَكَبَّرْنَافَقَالَ: «أَرْجُو أَنْ تَكُونُوا نِصْفَ أَهْلِ الْجَنَّةِ». فَكَبَّرْنَافَقَالَ: «مَا أَنْتُمْ فِي النَّاسِ إِلَّا كَالشَّعَرَةِ السَّوْدَاءِ فِي جِلْدِ ثَوْرٍ أَبْيَضَ، أَوْ كَشَعَرَةٍ بَيْضَاءَ فِي جِلْدِ ثَوْرٍ أَسْوَدَAbu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh taolo: «Ey Odam», deydi. U: «Labbay, amringga muntazirman! Yaxshilik Sening qo‘lingda», deydi. U Zot: «Do‘zaxga yuboriladiganlarni chiqar», deydi. U: «Do‘zaxga yuboriladiganlar qancha?» deydi. U Zot: «Har mingtadan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasi», deydi. Ana shunda go‘dakning sochi oqarib ketadi, «har bir homilador homilasini tashlaydi va odamlarni mast holatda ko‘rasan, holbuki, ular mast emaslar. Lekin Allohning azobi qattiqdir». «Ey Allohning Rasuli, o‘sha bir kishi qaysi birimiz?» deyishdi. U zot: «Xushnud bo‘ling, chunki sizlardan bir kishi, Ya’juj va Ma’jujdan esa ming», dedilar. So‘ngra «Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, men jannat ahlining to‘rtdan biri sizlar bo‘lasiz deb umid qilaman», dedilar. Biz takbir aytdik. «Jannat ahlining uchdan biri sizlar bo‘lasiz deb umid qilaman», dedilar. Biz takbir aytdik. «Jannat ahlining yarmi sizlar bo‘lasizlar deb umid qilaman», dedilar. Biz takbir aytdik. Shunda u zot: «Sizlar odamlar orasida oq ho‘kizning terisidagi bir dona qora tuk yoki qora ho‘kizning terisidagi bir dona oq tukka o‘xshaysizlar», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

30 Dekabr 2023, 09:29 | Savol-javoblar | 0 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar