Ingliz tilini o‘qitish markazi tashkil qilish

Assalomu alaykum! Hurmatli “Zikr ahlidan so‘rang fidoiylari!” Sizlarga berajak savolim quyidagicha: Men yoshligimdan ingliz tiliga qiziqib kelaman. Shu bois kelajakda ingliz tilini o‘qitish markazini ochmoqchiman. Ammo ingliz tili halqaro til bo‘lishiga qaramay ingliz xalqi ahloqiy jihatdan zalolatga ketgan xalq, ingliz tilini o‘rganuvchilarda ularning madaniyatiga qiziqish ham uyg‘onadi va inglizcha hayot kechirishni xohlab qolishadi. Shularni hisobga olib, mening o‘quv markazimda tilni o‘rganganlar orasida shu holat kuzatilsa menga gunoh bo‘lmaydimi? Shu bilan birgalikda nashriyot tashkil qilish niyatim ham bor. Mana shu nashriyotda turli jahon adabiyoti va o‘zbek adabiyoti vakillarining kitoblarini, turli xil biznes kitoblarni nashr qilsam menga savob bo‘ladimi? Axir jahon adiblarining asarlari, biznesga doir kitoblar ham ommaga foyda keltiradiku? Robbisining avfiga muhtoj Akmal

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Amallar niyatga bog‘liq. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:45 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar