Siylai raxim buzish

Assalomu alaykum! Onamiz 2 yoshligimda (23 yil avval olamdan o‘tib ketganlar). Biz 3 opa singil farzandlarmiz. Bir uyda amakimiz (otamizning ukasi) bilan katta bo‘lganmiz. Savolim shundan iboratki: Yillar davomida, bolalik davridan boshlab, amakilari tarafidan tegajonlik qilingan, bexayo ma’nolarda teginishga xarakat qilgan “jigarlar” bilan aloqani, siylai raximni uzish qanchalik gunox?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Silai rahmni uzish harom. Qarindoshlar har qancha qo‘pol muomalada bo‘lsalar ham yoki zulm qilsalar ham ularga faqat va faqat yaxshi muomalada bo‘lishga harakat qilish kerak. Yomonlikka yomonlik bilan javob berilmasin. Arazlashib yoki yuzko‘rmas bo‘lib o‘rtadagi aloqalarni uzib yubormasin. Magaram, silai rahmni bog‘lashda, ular bilan bordi-keldi qilishda yoki shunchaki salom alikda kishi o‘zining dini yoki joniga biror zarar etishidan qo‘rqsa ular bilan aloqani uzishi joiz bo‘ladi. Siz ham hozirda ularning o‘sha jirkanch ishi sodir bo‘lishidan qo‘rqsangiz ular bilan muomalada bo‘lmang. Vallohu a’lam!

30 Dekabr 2023, 10:49 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar