Sunnat namozini o‘qimaslik

Assalomu alaykum! Agar sunnat va mustahablarni rioya qilish natijasida tahorati ketib qolaversa, ularni engillashtirib, farzini tahorat bilan o‘qishi zarurdir. Buni soxibi uzr maqolasidan oldim. Menda stamatit sabab xar bir namozga (farzga ayrim, sunnatga ayrim) taxorat qilaman va menda el xam ko‘p keladi (chiqish chiqmaslik nomalum bir xillarida hid kelganday bo‘ladi) shu sabab namoz vaqti cho‘zilib ketyapdi (yani taxorat sinib taxorat qilib stamatit bo‘gani uchun taxorat qilib) men sunnat namozlarini (bomdoddagi sunnatdan boshqa) o‘qimay tursam bo‘ladimi vaqtinchalik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz iqtibos keltirgan matndan farz namozining ichidagi sunnat va mustahablari nazarda tutilgan. Sunnati ravotib namozlari emas. Tahoratingiz biror kasallik tufayli sinayotgan bo‘lsa, sunnatlarni tark qilishni o‘rniga davolatishning harakatini qiling. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar