Cho‘chqa rasmi haqida

Assalomu alaykum! Men 2D bolalar uchun multfilm animatsiyasi bilan shug‘ullanaman. Ba’zi paytlarda cho‘chqaning animatsiyasi uchrab turadi, uni masalan pushti rangni ko‘rsatish uchun undan foydalaniladi. Dinimizda cho‘chqaning xarom ekanligi ma’lum. Men bir musulmon bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bolalar uchun multfilmlarda yoki boshqa har suratli materiallarda cho‘chqaning tasviridan chetlanish kerak. Chunki islom shariati ushbu hayvonning ayni najas ekanini ta’kidlaydi. Rassomlar tomonidan beozor shaklda chizib ko‘rsatishlari natijasida esa bolalarning qalbida unga nisbatan moyillik paydo bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam!

30 Dekabr 2023, 14:58 | Savol-javoblar | 0 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar