Har kuni ehson qilish
Assalomu alaykum! 1) Ba’zan ehson qilib yurgandan ko‘ra, har kuni oz-ozdan ehson qilgan barakaliroqmi? 2) Ehson yoki sadaqa qilganda kimnidir mushkulini oson qilishdan tashqari uning qachondor kamida 10 barobar qaytishiga ham umid qilib shu ishni qilsa bo‘ladimi? Chunki agar pulim shu orqali ko‘payaversa, yanada ko‘proq ehson qilish niyatim bor. Ammo lekin ko‘paymasa ham ehsonni tashlab qo‘yish yo‘q. Shunday niyat qilishim noto‘g‘ri emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Darhaqiqat, Alloh taolo uchun amallarning suyumlirog‘i, oz bo‘lsa-da, davomiy bo‘lganidir». Oisha roziyallohu anho dedilar: «Qachonki Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oilasi biror amalni qilsa, keyin uni tark etmas edi» (Imom Muslim rivoyati).2). Bo‘ladi. Vallohu a’lam!
3 Yanvar 2024, 17:16 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat