Tasodifiy o‘lim

Assalomu alaykum! Bir tanishimni mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi. Janaza nomozida imom payg‘ambarimiz aytganlar "kim o‘z ajali bilan o‘lmasdan tasodifiy o‘lim topsa, u shaxid ketgan bo‘ladi" deb aytdi. Shu gap rostmi? 1). Xar xil tasodifiy yoki baxtsiz xodisa (mashina urib ketishi, devor bosib qolishi) sababli vafot etgan insonlarning darajasi qanaqa bo‘ladi? 2). Qotillik qurboni bo‘lgan insonnikichi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Domla noto‘g‘ri gapiribdi. Ajal degani o‘limning vaqti degani. O‘sha belgilangan vaqt kelmagunicha o‘lmaydi. Allohning barcha farzlarini bajarib, haromlardan tiyilsa unday xodisalarda vafot topsa shahid bo‘lishini umid qilinadi. Qotillik qurboni ham zulm orqali o‘ldirilgan bo‘lsa u ham shahid bo‘ladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 08:41 | Savol-javoblar | 163 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar