Namozdan keyin
Assalomu alaykum! Meni bir savol o‘ylantirayapti ya’ni men bomdod namozidan keyin asbaxna asbaxal mulku duosini, peshin namozidan keyin Allohumma la mania lima atoyta va la mutia lima manata duosini, asr dan keyin Allohumma inni auzu bika min azabil kobr min auzu bika min fitnatil masiyxit dajjol duosi, shomdan keyin Allohumma anta robbii duosi va xuftondan keyin amsayna amsal mulki lillaxi duolarini o‘qib kelayapman. Kechirasizlar duolarni qisqartirib yozdim. Yaqinda maxallamiz imomi faqat bomdod va xuftondan keyin duo qo‘shib o‘qi qolgan vaqtlari o‘qish xaromga yaqin deb aytdi. Shu sabab ikkilanib qoldim. Naxotki Allohga namozdan keyin duolarni o‘qisa xarom bo‘lsa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom noto‘g‘ri aytgan yoki siz tushunmay qolgansiz. Unday gap yo‘q. Siz aytib o‘tgan duolarning har birining o‘z aytiladigan vaqti bor. Sunnatga muvofiq o‘z vaqtida aytishingiz kerak. Xohlagan vaqtingizda aytishingiz sunnatga xilof bo‘ladi. Birinchi duoni bomdod namozidan keyin kun chiqquncha, ikkinchi duoni har namozdan keyin, uchinchi duoni namozda oxirgi tashahhudan keyin salom berishdan oldin, to‘rtinchi duo ertalab-kechqurun va beshinchi duoni asrdan keyin aytiladi. “Hadis va hayot” kitobining 35-juzini olib o‘qing. Unda sunnatda kelgan duolarni qanday va qachon aytilishi batafsil berilgan. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 09:59 | Savol-javoblar | 187 | Duolar