Hozir qullik bormi

Assalomu alaykum! 1) Hozirgi kunda rasman qul yo‘q ekan. Lekin qaysidir bir odam ikkinchi odamga qarab men sizning qulingizman desa va narigi ikkinchi odam ham 1-odamga xo‘p sen mening qulimsan desa (Lekin u ikkalasi bir birini ko‘rmasa masalan telefon orqali gaplashgan bo‘lsa) shunday holatda 1-odam 2-chi odamga rasman qul hukmida bo‘lib qolishi mumkinmi yoki umuman unday bo‘lmaydimi? 2) Agar hozirgi kunda qaysidir odam bironta odamni qul qilib olsa qul bo‘lgan odam egasidan qochib ketishi mumkinmi (ya’ni joizmi)? Avvalari qul egasidan qochib ketishi joiz bo‘lmagan. Agar qochib ketsa namozlari ham qabul bo‘lmaydi degan hadis ham bor. Hozirgi kunda ham shundaymi yoki yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Umuman unday bo‘lmaydi.2). Qul qilib olish mumkin emas. Vallohu a’lam!

3 Yanvar 2024, 18:46 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar