Zakot hisobida qarzdan kechsa bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Jigarimga qarz berganman va u qarzini muddati o‘tgan bo‘lsada 10 yildirki qaytara olmayapti. Bilishimcha uni boshqa insonlarga xam qarzi bor, men uni boshqa insonlardek qattiq ta’qib qilmayapman, “imkon bo‘lganda qaytararsiz” deb o‘z vijdoniga tashlab qo‘yganman. Ammo qachon bo‘lsa xam qarzni qaytarib olish niyatim bor. Shu qarz summasidan zakot to‘laymanmi va zakot xisobida uning qarzini bir qismidan kechsam zakot o‘rniga o‘tadimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Mododmiki olgan qarzini to‘layman deb tursa o‘sha pulni ham nisobga qo‘shib, u uchun ham zakot to‘laysiz. Zakot hisobida uning qarzini bir qismidan kechsangiz zakot o‘rniga o‘tmaydi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 20:08 | Savol-javoblar | 163 | Zakot