Makkaga ehrom bilan kirish

Assalomu alaykum! Men Madina Makkada ellikboshilik qilaman. Deyarli har kuni Madinaga guruh keladi, Umra qildirgani Makkaga olib ketaman, Makkada yana 1, 2 kun bolib Madinaga yangi guruh kutgani qaytib kelaman. Savolim shuki, men doimiy ish yuzasidan bo‘lib ehrom o‘rab, har 3 kunda umra qilishga to‘liqib qolyapman, Natijada hojilarni kutvolgani quvvatim etmay qolyabdi, miyqotdan o‘tishda umrani niyat qilmay ehromsiz Makkaga ish yuzasidan o‘tib yursam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Miyqotdan o‘tishda asl maqsadingiz baribir ham Makkai mukarramaga borish bo‘lgan. Shu tufayli ehrom bog‘lashingiz shart. Vallohu a’lam!

3 Yanvar 2024, 20:46 | Savol-javoblar | 0 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar