Qarz bo‘lib qoldimmi

Assalomu alaykum! Men savdo bilan shug‘ullanaman. Menga 5 oy avval viloyatdan mijozim shkof zakaz qilgan va to‘lov qilgan edi. Mahsulot mijozimga yoqmadi va menga qaytarib berdi. Sotilganda pulini beraman dedim. Mahsulot sotildi telefon nomeri mendan o‘chib ketgan ekan. Kompaniyadan nomerlarni ochtirib qidirib topdim qo‘ng‘iroq qilsam telefoni o‘chiq ijtimoiy tarmoqlarga ham ancha avval kirgan ekan. Qaysi viloyatdan ekanini ham bilmayman taksini o‘zi jo‘natgan edi. Qidirib topa olmayabman. Bu qarzdan qandan qutulsam bo‘ladi. Birovning haqqi bo‘ynimda qolishidan qo‘rqaman. Mijozimnimg nomidan ehson uchun beray desam ismini ham bilmayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bor imkoniyatingizni ishga solib haqdorni qidiring. Hozirgi davrda biror insonni topish unchalik mushkul ish emas. Harakat qilsangiz bo‘lgani. Vallohu a’lam!

13 Yanvar 2024, 11:08 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar