Ayol kishi begona erkakalarga qarashi haqida

Assalomu alaykum! Mening ayolim begona erkaklarga ko‘p qaraydi men buni ko‘p marotaba bunday qilmasligini takrorlagan sarim foydasi bo‘lmayapti. Yaxshi ham gapirib ko‘rdim yomon ham gapirib ko‘rdim foydasi bo‘lmayapti. Ilimsizligi sabab nima qilipti degani degan man yomon manoda qaramayapmanku deb vaziyatan chiqib ketadi yoki tan olmaydi. Orqavarotdan ham eshitsam ishxonasidagilar ham ko‘zi o‘ynoqi ayol ekan deyishar ekan. Misol uchun moshinada o‘tirsak ham yonimizga bir moshinada erkak kelib to‘xtasa shunga ham qarab turaveradi, iltimos echim topib bering. Bizda hech qanday muammo yo‘q na puldan va na oilaviy ahvoldan ya’ni (jinsiy aloqadan) har jabxada bir erkak qilishi kerak bo‘lgan narsani ortig‘i bilan Alloh izni ila qilib qo‘yganman Alhamdulillah.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolingizning dugonalarini ichida axloqi buzuqlari bo‘lsa o‘shalardan uni uzoqlashtiring. Soliha va taqvoli ayollar davrasiga qo‘shib qo‘ying. Atrofida faqat taqvoli ayol-qizlar bo‘lsin. Shunda o‘z-o‘zidan ulardan rang olib, xulqi o‘nglana boshlaydi. Vallohu a’lam!

13 Yanvar 2024, 11:58 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar