Shartnomadagi penya

Assalomu alaykum! Yangi qurilgan uylardan olmoqchi edim, lekin shartnomadagi ba’zi shartlar o‘ylantirib qo‘ydi. U erda yozilishicha agar bo‘lib to‘lashda oylik to‘lovni kechiktirsam penya yozar ekan, lekin ular bu penyani olmaymiz, shunchaki shartnomada yozilgan deyishyapti, to‘lov kechiksa shartnoma bekor qilinadi penya olmaymiz deyishdi, shu savdo joiz bo‘ladimi? Ribo bo‘lib qolmidimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shartnomada yozilgan bo‘lsa joiz emas. Vallohu a’lam!

13 Yanvar 2024, 13:08 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar