G‘usldan keyin bavl qilish

Assalomu alaykum! Savolimga javob berganiz uchun rahmat. Alloh rozi bo‘lsin, lekin iltimos javobni yanada to‘liqroq qilib bersangiz. Chunki ko‘pchilik yaqinlikdan keyin bavl qilishni bilishmaydi. Jumladan men ham bu masalani endi eshitdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yaqinlik qilinganidan keyin bavl qilib yuborish kerak. Shunda ichkarida qolgan shahvat bilan belidan ajralgan maniy chiqib ketadi. Yaqinlikdan keyin bavl qilmaslikni tibbiyot ham qattiq qoralaydi. Uzoq vaqt yaqinlikdan keyin bavl qilmaslikda tuzalishi qiyin bo‘lgan kasalliklarga duchor bo‘lish bor. Avval bunday qilmagan kishilarning namoziga kelsak, imomlardan biri bo‘lgan Abu Yusuf rahmatullohi alayh : “Maniy shahvat bilan beldan qo‘zg‘alsayu, zarba bilan chiqmasa g‘usl vojib bo‘lmaydi” degan gaplariga binoan, junub bo‘lib, bavl qilmay o‘qilgan avvalgi namozlarini qayta o‘qishga hojat yo‘q. وفي شرح الشيخ إسماعيل عنى المنصورية، قال الإمام قاضي خان يؤخذ بقول أبي يوسف في صلوات ماضية فلا تعاد، وفي مستقبلة لا يصلي ما لم يغتسل Shayx Ismoilning sharhida “Mansuriya”dan rivoyat qilib, imom Qozixon : “O‘tgan namozlar haqida Abu Yusufning qavli olinadi va namozlar qayta o‘qilmaydi. Kelajakda esa g‘usl qilib olmagunicha namoz o‘qimaydi” deganlar. Bu junub bo‘lib g‘usl qilmay namoz o‘qigan kishilar haqida emas, aksincha maniy beldan shahvat bilan qo‘zg‘alib, chiqishda zarbasiz chiqqan holatdagi kishilar haqidadir. Ular qatoriga janobatdan keyin bavl qilmaganlar ham kiradi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 08:19 | Savol-javoblar | 307 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar