Nomahram ayolga teginsa tahorat ketishi

Assalomu alaykum! Bir tanishimning, “erkak kishi nomaxram ayolga teginishi yoki teginib ketishi bilan taxorati sinadi, hamda g‘usl vojib bo‘ladi” degan gaplari rosa o‘ylatirib qo‘ydi. Axir bunday holatlar juda tez-tez uchrab turadi, agar shunday bo‘lsa bunday holatlardan juda ehtiyot bo‘lishimiz kerak emasmi? Bunday holatlarda tutgan Ramazon ro‘zalarimiz nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bundan albatta ehtiyot bo‘lish kerak, lekin masala shuki, teginganda erkakdan maziy chiqsa tahorat ketadi, agar teginganda maniy quvat va lazzat bilan otilib chiqsa g‘usl vojib bo‘ladi. Teginishning o‘zi bilan tahorat ham ketmaydi ro‘za ham buzilmaydi.  Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 08:19 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar