Marakaga toq narsa olib borish

Assalomu alaykum! Marhumni maraka va boshqa marosimlariga borayotgan ayollar somsa yoki patir va boshqa narsalarni toq olib borish shart ekanligini aytishyabdi. Iltimos shu masalaga yorqinlik kiritsangiz. Raxmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buni dinga mutlaqo aloqasi yo‘q. Shuning uchun bu kabi gaplarni ham dindan mutloq xabari yo‘q bo‘lgan odamlar o‘ylab topishadi va ularga ham dindan mutloq xabari yo‘q odamlar ko‘r-ko‘rona ergashishadi. Aqli va dindan bilimi bo‘lgan odamlar bu kabi safsatalarga ishonishmaydi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 09:03 | Savol-javoblar | 190 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar