Sichqon tushib o‘lgan suv idishlarni poklash
Assalomu alaykum! Ro‘zg‘orda foydalaniladigan tonnalik plastik suv bochkasiga sichqon tushib o‘lgan bo‘lsa va buni kechroq bilinsa, suv bochkasi, ariston va quvurlarni qanday poklash mumkin? Ahli ilmlar bir kun davomida ko‘ngil taskin topgunicha suvni oqizib qo‘yishni aytishdi. Quvurlar devor ichiga joylangan, oqizib qo‘yish bilan barcha suvning chiqib ketishiga ishonch yo‘q. Bunda ko‘p suv sarfi va katta xarajat bo‘ladi. Suv idishlari va undan suv isitishda foydalanish endi yaroqsiz bo‘ladimi? Idishlarni qatron qilishni iloji bo‘lmagani uchun tashlab yuborish kerakmi? Kifoya kitobidagi hukmlarni o‘qidik. Afzal yo‘lni aytsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sirli idishlarni qatron qilinmaydi. Uch marta yuvish bilan toza bo‘ladi. Sizlarni idishingizni poklashni hech qanday qiyin ish emas. Bitta mator olib kelib chiqadigan tomoniga ulab qo‘ysangizlar suvni tortib quritib qo‘yadi. Shunday qilib uch marta to‘ldirib tortib yuborsangiz pok bo‘ladi. Albatta o‘limtikni olib tashlagandan keyin. Bu isrof emas tozalash hisoblanadi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 00:48 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar