Namozni maxfiy ukish masalasi

xurmatli Ustoz! ALLOX umringizni ziyoda kilsin. Bir domla maxfiy namoz degani,namoz ukuvchining tili xarakatda buladi, lekin ovozini uzining kulogi xam eshitmasligi kerak dedi. Yana bir kishi namoz ukuvchining tili xarakatda bulib, ovozini uzi yoki yonidagi odam eshitsa xam buladi, ammo orka safdagi jamoat eshitmasligi kerak dedi. Ustoz imom peshin, asr namozlarini kanday ukisa maxfiy xisoblanadi? Javobingiz uchun oldindan raxmat. ALLOX sizdan va barchamizdan rozi bulsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu va unga o‘xshash savollar e’tiborsizlikning samarasidan boshqa narsa emas. Uni qayta – qayta berilishi esa yana ham ayanchli. Maxfiy qiroatning chegarasi odatda o‘zi eshitadigan, o‘zga eshitmaydigan ovozda pichirlab qiroat qilishdir. Birovning ovozini eshitsayu, past ovozda bo‘lgani uchun gapini tushunmasa, falonchi pichirladi, deyiladi. Gapirdi deyilmaydi. Oddiy holatda birovning gapini eshitib ma’nosini tushunsa uni pichirladi deyilmaydi. Qiroatning maxfiy va jahriy bo‘lishi ham shunday. Birov eshitadigan qilib qiroat qilsa, jahriy deyiladi. O‘zi eshitadigan qilib, pichirlab o‘qisa maxfiy qiroat qildi, deyiladi. o‘zi ham eshitmasdan ichidan o‘tkazsa, ichidan o‘tkazdi deyiladi. Qiroat qildi deyilmaydi. Ehtimol, bu narsani to‘laroq bayon qilib berilmagan bo‘lsa ham kerak. Shuning uchun quyidagi ma’nolarni yaxshilab uqib olishni tavsiya qilinadi: Hanafiylar aytadilar: “Oshkora (qiroat)ning eng ozi o‘ziga yaqin bo‘lmagan, birinchi safdagilarga o‘xshashlarga eshittirishdir. Agar bir yoki ikki kishigina eshitsa kifoya qilmaydi. Oshkora (qiroat)ning yuqorisining chegarasi yo‘q. Maxfiy qiroatning eng ozi o‘zi yoki unga yaqin bo‘lgan bir, ikki kishining eshitishidir. Ammo tilini harakatga keltirib harflarni to‘g‘rilash bilan, sahih qavlga binoan, kifoya qilmaydi”.

29 Aprel 2022, 09:14 | Savol-javoblar | 180 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar