Salovat aytish qanday

Salovot sozining manosi. Paygambarimiz s.a.w salovat aytish qanday Hadis va hayot 3 Olimlarga suvdagi,erdagi,osmondagi maxluqotlar salovat aytadi deyilgan bizlar qanoq qilib olimlarimizga Rosululloh s.a.w merosxorlariga salovot aytamiz iltimos daqiq joylarigacha tushuntirib bersangiz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taolo Qur’oni Karimda aytadi:«Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salovot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Siz ham unga salovot ayting va salom yuboring».Ushbu oyati karima Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning qadr-qimmatlari Alloh taoloning huzurida qanchalar ulug‘ ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Boshqa birov emas, Alloh taoloning O‘zi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishi ta’kidlanmoqda. Arab tilida «salovot» so‘zi «salot»ning jami bo‘lib, duo ma’nosini anglatadi. Arabchada namoz ham «salot» deyiladi. Chunki namozda ham duo ma’nosi bor. Ammo «salot» Alloh taolo tomonidan bo‘lganida «duo» ma’nosini yo‘qotadi. Alloh taoloning Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishining ma’nosi, u zot sollallohu alayhi vasallamga O‘z rahmatini yuborishi, ulug‘lashi, maqomlarini ko‘tarishi va farishtalar huzurida sha’nlariga maqtovlar aytishini anglatadi.Farishtalarning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishlari, u zoti bobarakot haqlariga duo qilishlari, istig‘for aytishlari ma’nosida bo‘ladi. Mo‘min-musulmonlarning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishlari esa, ular tomonidan bo‘lgan duo va ulug‘lash ma’nosidadir.Demak, Alloh taolo doimo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga O‘z rahmatini yuborib, u zot sollallohu alayhi vasallamdan rozi ekanini bildirib, u zot sollallohu alayhi vasallamga maqtovlar aytib turar ekan.Farishtalar ham u zot sollallohu alayhi vasallamga Allohdan rahmat, salomatlik, rozilik so‘rab, duo qilib turishar ekan.Ulamolarga salovot aytish ularning haqiga duo qilishdan iboratdir.

20 Aprel 2022, 19:04 | Savol-javoblar | 627
|
Boshqa savol-javoblar