Qurbonlik vaqtida o‘zim bo‘lishim shartmi?
Assalomu alaykum! Meni molim nisobga etgan. Men qurbonlik qilmoqchiman, lekin uydagilar bunga qarshi. Shuning uchun men bir qo‘yni bir odamga topshirib, «meni nomimdan qurbonlik qil» desam bo‘ladimi? Ya’ni so‘yish jarayonida o‘zim qatnashmayman. Shu ishim joizmi? Yana qurbonlikni farz va vojib amallari haqida ma’lumot bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joiz. Qurbonlik qilishda o‘zidan boshqasini vakil va noib qilish joizdir. Agar bir kishi boshqa odamni qurbonlikka vakil yoki noib qilsa, jonivorni sotib olish va so‘yish vaqtida vakil yoki noib qurbonlikni niyat qilishi kifoya qiladi (129). Safardagi kishi biror yurtda o‘n besh yoki undan ortiq kun muqim bo‘lib qolib, telefon yoki biror vosita orqali o‘z yurtidagi kishini meni nomimdan qurbonlik qilgin deb vakil qilsa, vakilning qurbonligi uning nomidan o‘tadi(130). Vallohu a’lam! Qurbonlik haqida fiqh.uz saytining izlash xizmatidan qidirsangiz juda ko‘p ma’lumotlar topasiz.
29 Aprel 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 193 | Ibodatlar