Ayollar sajdada tirsak va chig‘anoqlarini erga tekkizishi haqida

Hadis va Hayot, 5-juz, 255-betda: "Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy solallohu alayhi vasallam: "Sajdada mo‘’tadil bo‘linglar. Birortagiz ham tirsagin itga o‘xshab, yoymasin", dedilar". Beshovlari rivoyat qilganlar. Sharh: It ikki kafti va chig‘anoqlarini erga qo‘yib yotadi. Namozxon bunday qilmasligi kerak. Kaftlarini qo‘yib, chig‘anoqlarini ko‘tarib turishi lozim". Shu kitobning 296-betida, namozning sunnatlari aytilgan 27-bandda "Ayol kishi sajdada qornini ikki soniga, tirsak (chig‘anoq) va bilaklarini erga tekkizishi" deyilgan. Hazrat, menga bu ikki ma’lumotning o‘rtasida farq bordek tuyulmoqda. Iltimos, shuni tushuntirib bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
*Ayol kishilarga shunday o‘qish boshqa hadisda aytilgan. Buni yosh bolalar ham bilishadi.

29 Aprel 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar