Farzand so‘rash duosi

Assalomu alaykum! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Farzand so‘rash duosi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Baqara” surasida mahamat qiladi : رَبَّنَا وَاجْعَلْنَا مُسْلِمَيْنِ لَكَ وَمِن ذُرِّيَّتِنَا أُمَّةً مُّسْلِمَةً لَّكَ وَأَرِنَا مَنَاسِكَنَا وَتُبْ عَلَيْنَآ إِنَّكَ أَنتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ۝ 128. Robbimiz, ikkimizni O‘zingga musulmon bo‘lganlardan qil va zurriyotimizdan ham O‘zingga musulmon ummat qil, bizga ibodatlarimizni ko‘rsat, tavbamizni qabul et. Albatta, Sen O‘zing tavbani ko‘plab qabul qiluvchisan, o‘ta rahmlisan. “Oli Imron” surasida : هُنَالِكَ دَعَا زَكَرِيَّا رَبَّهُ قَالَ رَبِّ هَبْ لِي مِن لَّدُنْكَ ذُرِّيَّةً طَيِّبَةً إِنَّكَ سَمِيعُ الدُّعَاء۝ 38. Shu chog‘da Zakariyo Robbiga duo qilib: «Robbim, menga O‘z huzuringdan pokiza zurriyot hadya et. Albatta, Sen duoni eshituvchisan», – dedi. “Ibrohim” surasida : رَبِّ اجْعَلْنِي مُقِيمَ الصَّلاَةِ وَمِن ذُرِّيَّتِي رَبَّنَا وَتَقَبَّلْ دُعَاء۝ 40. Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etadiganlardan qilgin. Robbimiz, duoni qabul etgin. “Maryam” surasida : وَإِنِّي خِفْتُ الْمَوَالِيَ مِن وَرَائِي وَكَانَتِ امْرَأَتِي عَاقِرًا فَهَبْ لِي مِن لَّدُنكَ وَلِيًّا۝ 5. Va albatta, men ortimdagi qarindoshlardan xavf qildim. Ayolim tug‘mas edi. Bas, menga O‘z dargohingdan bir valiy hadya et. يَرِثُنِي وَيَرِثُ مِنْ آلِ يَعْقُوبَ وَاجْعَلْهُ رَبِّ رَضِيًّا۝ 6. U menga merosxo‘r va Oli Ya’qubga merosxo‘r bo‘lsin. Robbim, uni O‘zing rozi bo‘ladigan qil», – dedi. va “Furqon” surasida : وَالَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا هَبْ لَنَا مِنْ أَزْوَاجِنَا وَذُرِّيَّاتِنَا قُرَّةَ أَعْيُنٍ وَاجْعَلْنَا لِلْمُتَّقِينَ إِمَامًا۝ 74. Ular «Robbimiz, O‘zing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan ko‘z quvonchi hadya et hamda bizlarni taqvodorlarga peshvo qil», deydiganlardir. Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 20:20 | Savol-javoblar | 841 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar