Qiroatni ovoz chiqarib qilish

Assalomu alaykum! Men sizlarni saytlaringni muntazam kuzatib boraman bilmagan narsalarimni o‘qib o‘rganyapman. Buning uchun sizlarga rahmat.
1). Men xar qanday namoz paytida qiroatni o‘zi eshitadigan darajada aytib o‘qish kerak, agar ichida o‘qisa tahoratsiz namoz o‘qigan bilan barobar degan javobinglarni o‘qidim. Yana bir savolda 1-2-ra’katlarda ovoz chiqarmay o‘qibman degan mazmundagi savolga qaytadan o‘qing deb javob beribsizlar. Men namozni boshlaganimga 5 oycha bo‘ldi. Bu haqida bilmasdim, jamoat bilan namoz o‘qiganimda xam ichimda o‘qirdim. Buning ustiga qazo namozlarimni xam shunday holatda o‘qiganman. Shu paytgacha o‘qigan namozlarim nima bo‘ladi? Qaytadan o‘qishim kerakmi?
2). Ruku va sajdaga borganda aytiladigan takbirni o‘tirib o‘qiladigan attaxiyatni ham ovoz chiqarib o‘qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Jamoatda o‘qigan bo‘lsangiz imomning qiroati sizga qiroat hisoblanib, qayta o‘qishga hech qanday hojat yo‘q. Qazolarni esa qayta o‘qiysiz. Ichida o‘qish deganda labini ham qimirlatmasdan xayolidan o‘tkazish nazarda tutilgan. 2). O‘zi eshitadigan darajada o‘qiladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 11:57 | Savol-javoblar | 166 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar