Kvant psixalogiyasida ism

Ism haqida bir tushuncha bor ekan ya’ni farzandga kimnidir ismini xavas qilib qo‘yilsa bola o‘sha insonni hayotida yashar ekan. Ya’ni biror san’atkor, sportchi yoki olimni ismini u asl hayotida qandayligini bilmay turib qo‘ymaslik kerak ekan. Bolaga ajdodida bo‘lgan bobosi yoki momosini ismini qo‘yilsa u o‘sha inson bo‘lib yashar ekan, uni bu hayotdan chiqarib olish va "o‘zi" bo‘lib yashashiga yordam berish kerak ekan. Bunda boladan uning ismi, yoshi, hayotdan maqsadi va kimning ismi qo‘yilib kimning hayotida yashayotgani haqida savollar berilib uni bu hayotdan chiqarib olib o‘z hayotiga keltirilar ekan ya’ni ong ostidan o‘zini topishiga yordam berilar ekan. Psixologiyaning bu turida gen tushunchasi mavjud emas ekan ya’ni farzandda u qaysi oilaga mansub va urug’ida qanday insonlar borligidan qat’iy nazar u ismi qiyos qilib qo‘yilgan inson bo‘libgina yashay olar ekan agar uni bu aoradan chiqarib olinmasa.... Bu psixologik jarayon qanchalik haqiqatga yaqin?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bu kabi to‘qima yoki tahminlarga ishonavermang. Har bir mamlakat mutaxassisi yoki o‘sha mamlakatlarda ta’lim olgan kishilar o‘sha mamlakatda keng tarqalgan dinga bog‘liq psixologiyani o‘rgatishadi. Masalan evropa xalqi tavrot va injilga bog‘lab, hindlar krishna, ram kabi o‘zlari to‘qib olgan ta’limotlariga asosan, xitoydagilar kanfusi ta’limotiga asoslanib o‘rgatishadi. Islom ulamolari Islom ta’limotiga asoslanib psixologiyadan ta’lim berishadi. Ular psixologiyani “Ilmunnafs” deb atashadi. Siz qaysi yurtda ta’lim olgan va qaysi dinga bog‘lab dars o‘tadigan kishida o‘qiysiz? Buni bilishingiz shart. Chunki Islom psixologiyasidan boshqa dinga bog‘lab psixologiya darslarini o‘tadiganlar juda ko‘p o‘rinlarda og‘izlarida shirk va kufr so‘zlar ham aytib yuborishmoqda. Psixologlar ham bizning xalqimizni aksar qism musulmon bo‘lgani uchun Islom aqiydasidan boxabar bo‘lishlari shart. Aks holda insonlarga manfaat etkazish bilan birga ulkan buzuq aqiydalarga bog‘lab qo‘yishlari mumkin. Oddiy misol, Islomda namoz qandan ibodat amali bo‘lsa, yoganing mashg‘ulotlari buddizm dinida shu kabi ibodat hisoblanadi. Yogada badan harakati bilan birgalikda Allohdan boshqa kuchga sig‘inish degan narsa ham bor. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 00:57 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar