Ish vaqtimda namoz

Assalomu alaykum! Men shaxardan chetroqdagi tumanda istiqomat qilaman. Toshkent shaxridagi xususiy firmada ishlayman. Ishxona tomonidan yo‘lga aftobus qo‘yib berilgan. 05:50da uydan chiqaman 07:30 atrofida ishga etib kelaman. 19:00da ishdan chiqaman, 20:40 atrofida uyga etib kelaman. Qish kunlarida bomdod nomoz vaqti yoz kunlarida esa shom nomozi vaqtida yo‘lda bo‘lib qolyapman. Qanday yo‘l tutishim kerakligini maslaxat bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shofyorga sovg‘a salom qilib bo‘lsa ham 5 daqiqa to‘xtab berishini iltimos qiling. Hozirgi kunda bamdod vaqti 5:02da kiradi. Dekabr oyida ham 5:50 bo‘lmasidan vaqti kiradi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 12:35 | Savol-javoblar | 171 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar