Boshqa mazhablar haqida
hurmatli ustoz.Men hanafiy mazhabidaman.Namozda boshqa mazhab imomlariga iqtido qilsam joizligini bilaman.Ammo shu mavzudan bir necha savollarim bor edi,iltimos bularga javob bersangiz.1.Shofiy mazhabida g‘uslda ogiz va burunni chayish farz emas.Shu tariqa g‘usl qilgan shofiy imomiga iqtido qilib namoz uqisa buladimi?2.Bomdod namozida shofiy imom duoi qunutni uqisa unga iqtido qilgan hanafiy muqtadiy nima qiladi?3.Bir masjidda juma hutbasidan oldin boshqa mazhab namozhonlari 2 rakat sunnat namoz uqishadi.Men uzimni hanafiy mazhabimga kura 4 rakaat sunnat uqiyman.Ammo shu 4 rakatni uquguncha azon aytilib imom minbarga chiqib ulguradi.Shu azongacha boshqa mazhab namozhonlari namoz uqib ulgurishadi,men esa yuq.Bu holatda nima qilmoq kerak?4.Men kuzatdimki boshqa mazhab imomlari vitr,hayit va janoza namozlarini hanafiylardan farqliroq uqishadi.Ularga bu namozlarda,yani janoza va hayit namozlarida va ramazonda vitrga iqtido qilish qandoq buladi?Alloh :jj ajringizni bersin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Mo‘’taraf to‘rt fiqhiy mazhabga mansub kishilar bir-birlariga imom va muqtadiy bo‘lsalar joizligi ma’lum. Siz aytganga o‘xshagan gaplar o‘rtaga tushmaydi. 2. Bomdodga iqtido qilganda, xuddi boshqa namozlardagi kabi imomga ergashaveradi. Imom qunut duosini o‘qisa, boshqa muqtadiylar nima qilsa shuni qiladi.3. To‘rt rak’atni tezroq o‘qishni yo‘lga qo‘ying.4. Joiz bo‘ladi.
29 Aprel 2022, 13:25 | Savol-javoblar | 174 | Boshqa ibodatlar