Haramda qazo namozi

Assalomu alaykum! Ma’lumki Haramda 1 rak’at o‘qilgan namoz, oddiy masjidda o‘qilgan namozdan yuz ming marta savobli. Agar qazo namozini o‘qisa ham shunaqa savobga erishadimi? Tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savob borasida erishadi. Lekin kunlik qazolar e’tibori bilan bir vaqt namozning qazosini o‘qigan bo‘ladi. Bir marta qazo o‘qib, bir umrli qazolarimdan qutildim deyish joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:49 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar