Ikki xil holat
Assalomu alaykum! Agar men namoz o‘qiyolmasam ya’ni qazo bo‘lib qolsa xafa bo‘lib kayfiyat tushadi va hayot go‘yo qorong‘ulashayotganday bo‘lib qoladi va lekin qachon namozlarni o‘z vaqtida va shariatga to‘liq amal qilib yursam kayfiyat ko‘tarilib ketadi va hayot shirin bo‘lib ketadi. Ammo ko‘chalarda va yoru birodarlarni fosiq holida ya’ni na namoz va na shariatga amal qilish, hech qaysi bo‘lmasa ham xuddi baxtli insonlarday yurishadi, kayfiyatlari ham bor. Ikki musulmonda ikki hil holatlar, lekin ikkisi ham musulmon. Azizlar bu nima buni qanday tushunish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Insonning qo‘rquvi oxiratni bilishi, to‘g‘ri tushuna olishiga ko‘ra bo‘ladi. Shuning uchun ham Alloh taolo “Fotir” surasi 28-oyatida marhamat qiladi: إِنَّمَا يَخْشَى اللَّهَ مِنْ عِبَادِهِ الْعُلَمَاء إِنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ غَفُورٌ «Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar». Alloh taoloning qudratini his etib, yaratilgan narsalardan ibrat olib, ularning yaratuvchisi borligini anglab etib, aqli bilan Allohni topgan va Undan qo‘rqqan odamgina olim hisoblanadi. Ammo mazkur maxluqotlarning tarixi, tuzilishi, tarkibidagi moddalari, xususiyatlari va boshqa turli ma’lumotlarini to‘liq o‘rganib, ularni yaratgan Allohni tanimagan va undan qo‘rqmagan odam o‘ta johil hisoblanadi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Ilm gapning ko‘pligida emas. Ilm qo‘rqishning ko‘pligidir», – degan ekanlar. Imom Hasan Basriy: «Olim Allohdan g‘oyibona qo‘rqqan odamdir. Alloh qiziqtirgan narsaga qiziqqan, Alloh yomon ko‘rgan narsadan qochgan odamdir», – deb turib, «Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar» oyatini tilovat qilar ekanlar. «Albatta, Alloh o‘ta izzatlidir, o‘ta mag‘firatlidir». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Eng ko‘p qo‘rquvchilar haqiqiy ilm egalaridir. Ilm deb o‘rgansalaru Alloh taolodan qo‘rqmasalar u ilm emas, ma’lumotdir. Demak shunga qarab musulmon bo‘lsada robbisini yaxshi tanimasa bu dunyoda qo‘rqmaydi, ammo oxiratda qo‘rqishlari aniq. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 13:25 | Savol-javoblar | 158 | Aqiyda