Halol ish topish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, hozirda Yaponiyada talabaman va o‘qishdan tashqari vaqtda ishlayman. Yaponiyada alkagol ichimliklari deyarli har erda iste’mol qilinadi. Mehmonxona, restorantlar, do‘konlarning har birida alkagol sotiladi va talabalarga eng ko‘p ish bera oladigan joylar shulardir. Men ishlaydigan mehmonxona ham alkagol sotadi, lekin men umuman alkagolga taalluqli bo‘lmagan bo‘limda ishlayman. Bir talabadan eshitdimki, agar mehmonxonaning daromadining 5%dan oshig‘i alkagoldan kelsa, mening ham ish haqim haromdan kelgan bo‘lar ekan. Men esa mehmonxonaning daromadining foizlarini bilishga huquqim yo‘q. Lekin bilamanki, asosiy daromad alkagoldan emas. Savollar: Mening ish haqim ham harommi? Agar mehmonxona daromadi alkagoldan foyda olsa, necha foizdan oshmasligi kerak? Agar alkagol sotiladigan restorantlar bo‘lsa, u erda ishlashning hukmi qanday bo‘ladi? Agar restorant va do‘konlarda alkagol bo‘lmasa, lekin cho‘chqa go‘shti sotilsa, u erda ishlash mumkinmi?
Iltimos barcha horijda yashayotgan yoshlar uchun ish topishda nimalarga e’tibor berishligi tushuntirib o‘tsangizlar. Alloh xalqqa qilayotgan ishlaringizni dargohida qabul qilsin va ajrini ko‘paytirib bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halolga va taqvoga urinishingiz bu sizning baxtu saodatingiz va kelajakda oilangiz hamda jamiyatingiz uchun katta foydaning konidir. Alloh ta’olo sizni va sizga o‘xshagan halol talabidagi barcha talaba va ishchilarga tug‘rilik va halolga doimo muvaffaq qilsin! Siz ishlayotgan joyning yarmidan ko‘p daromadi haromdan bo‘lsa, u joydan keting va boshqa ish qidiring. Unday bo‘lmasa, bevosita harom ishda ishlamasangiz topgan pulingiz joiz. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 13:58 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar