Qabr azobi haqida savol
Assalomu alaykum Shayh hazratlari. Men judayam ko‘p janozalarda mayyitni qabrga qo‘yishayotganda lahat ichiga qaraganimda qo‘rqib ketaman. Naqadar zulmat, naqadar dahshatli joy... Shu paytlarda qabr azobi haqida o‘ylab , quyidagi savollar vujudga keldi. Ruhsat bersangiz ilmim sayozligi tufayli bularga javob topa olmadim.1. Hayotimiz davomida judayam ko‘p gunoh ish qilamiz va savob ishlar qilamiz. Gunohlarimizni ba‘zilarini Alloh kechirar ba‘zilarini esa yo‘q. Lekin Qiyomat kunida Yaxshilik va Yomonliklarimiz Mezon tarozisida o‘lchab Jannatiy yoki Duzahiylardan bo‘lishimiz aniq bo‘lar ekan. Aytaylik misol uchun, bir kishini gunohi 1000 ta savobi esa 1200 ta bo‘lsa, savobi og‘ir kelgani uchun Jannatga kiradi. Lekin qilgan 1000 ta gunohi nima bo‘ladi. shu gunohlariga Qabrda va Qiyomat kunida azobga tortiladimi? 2. Agar Shu gunohlariga yarasha jazo oladigan bo‘lsa, unda umuman gunohsiz odam bo‘lish judayam qiyinku, unday bo‘lsa har bir musulmon Qabrning, yoki Qiyomat kuning alamli azoblaridan oz bo‘lsa ham totib ko‘rishga mahkum bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mag‘firat qilinmay qolgan gunohlarning azobini tortish bor. Shuning uchun banda tiriklik chog‘ida tayyogarligini qo‘rib yurishi kerak. Iloji boricha savobli ishni qilib, gunohdan chetlanish lozim.
29 Aprel 2022, 14:10 | Savol-javoblar | 150 | Boshqa ibodatlar