Namozni vaqtidan oldinroq o‘qish

Assalomu alaykum.  Barchaga yangi tong muborak bo‘lsin. Bomdod namozini vaqtidan salgina oldin o‘qisa bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozni vaqti kirmasidan oldin o‘qilmaydi. Mabodo o‘qilsa vaqti kirganida qaytadan o‘qish vojib bo‘ladi. Alloh taolo “Niso” surasida quyidagicha marhamat qiladi: فَإِذَا قَضَيْتُمُ الصَّلاَةَ فَاذْكُرُواْ اللّهَ قِيَامًا وَقُعُودًا وَعَلَى جُنُوبِكُمْ فَإِذَا اطْمَأْنَنتُمْ فَأَقِيمُواْ الصَّلاَةَ إِنَّ الصَّلاَةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَابًا مَّوْقُوتًا۝ 103. Namozni tugatganingizdan so‘ng Allohni tik turgan, o‘tirgan va yonboshlagan holingizda zikr qiling. Xotirjam bo‘lganingizda namozni to‘liq ado eting. Albatta, namoz mo‘minlarga vaqti tayin farz bo‘lgandir. Har vaqtda ham, har namozdan keyin ham Allohni zikr etishga targ‘ib qilinadi. Ammo bu oyati karimada bu ish ayniqsa, xavf namozidan keyin zarur ekani ta’kidlanmoqda. «Namozni tugatganingizdan so‘ng Allohni tik turgan, o‘tirgan va yonboshlagan holingizda zikr qiling». O‘tirganda ham, turganda ham, yonboshlaganda ham, ya’ni hamma holatlarda Alloh taoloni zikr qilib, Undan dushman bilan bo‘ladigan jangda g‘alaba – nusrat so‘raladi. Urush tugab, xavf-xatar ketib: «Xotirjam bo‘lganingizda namozni to‘liq ado eting». Chunki xavf namozini o‘qishga hojat qolmadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 14:20 | Savol-javoblar | 182 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar