Qo‘rqoqlikmi?

Assalomu alaykum! Muhtaram Ustozlar, Alloh ilmlaringizni ziyoda va Islom bilan aziz qilsin. savol : 3-4 yil oldin uyimizga o‘g‘ri tushdi va bir hafta o‘tib yana takroran harakat bo‘ldi. Onamlar kutilmaganda ulardan birini ko‘rib qolib qo‘rquvdan qandli diabet kasaliga chalinib qoldilar. Shundan buyon tunlarimiz havotirda o‘tadi chunki bir biz emas qo‘shnilar xam jabr ko‘rishdi. Endi tun yarmidagi turli ovoz, taqir tuqirlarga parvolimiz. Ochig‘i charchadim, ammo oilada yolg‘iz erkak men bo‘lganim uchun aksar tunlarimiz hushyorlikda o‘tyapti. Mendagi bu holat qo‘rqoqlik va tavakkulsizlikmi yoki bu holatda Allohga tamoman topshirib qo‘yishim to‘g‘ri bo‘ladimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sabablarini qilib, qolganini Alloh taologa havola qiling. Alloh iroda qilgani bo‘ladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 21:19 | Savol-javoblar | 150 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar