Internetda targ‘ib qilinayotgan jinsiy aloqa
Assalomu alaykum! Ko‘pgina intirnet tarmog‘ida xar xil narsalar keladi. Shulardan biri meni ajablantirdi ayol kishida xayz kelgan paytda ayoli bilan qo‘shilsa ayol kishida o‘sha paytida bo‘ladigan og‘riq bo‘lmas ekan. Shu to‘g‘rimi? Bu gunoh emasmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu harom amalga targ‘ib qilishdir. Agar o‘sha vaqtda bola bo‘lib qolsa o‘sha bola xunasa bo‘ladi. U ish harom! Bu ishni halol degan odam kofir bo‘lib qoladi. Inson foyda ekan deb haromga bulg‘anmaslik kerak. O‘sha paytda ayolning bachadoni iljirab turadi. Ko‘plab o‘simta kasalliklari o‘sha paytda qilingan yaqinlik natijasidan bo‘ladi. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الْمَحِيضِ قُلْ هُوَ أَذًى فَاعْتَزِلُواْ النِّسَاء فِي الْمَحِيضِ وَلاَ تَقْرَبُوهُنَّ حَتَّىَ يَطْهُرْنَ فَإِذَا تَطَهَّرْنَ فَأْتُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ أَمَرَكُمُ اللّهُ إِنَّ اللّهَ يُحِبُّ التَّوَّابِينَ وَيُحِبُّ الْمُتَطَهِّرِينَ Sendan hayz haqida so‘rarlar. Sen: «U ko‘ngilsiz narsadir. Hayz chog‘ida ayollardan chetda bo‘ling. Pok bo‘lmagunlaricha ularga yaqinlashmanglar. Qachonki pok bo‘lsalar, ularga Alloh amr qilgan joydan keling. Albatta, Alloh ko‘p tavba qiluvchilarni sevadir va poklanuvchilarni sevadir», – deb ayt. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَتَى حَائِضًا أَوِ امْرَأَةً فِي دُبُرِهَا أَوْ كَاهِنًا فَقَدْ كَفَرَ بِمَا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim hayzli ayolga yaqinlik qilsa yoki ayol kishining orqasidan yaqinlik qilsa yoxud folbinga borsa, batahqiq, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan narsaga kufr keltiribdi», dedilar».
Termiziy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 14:42 | Savol-javoblar | 146 | Islam