Zakot olish haqida

Assalomu alaykum! Men nasiya savdosi bilan shug‘ullanganman. Hozir faoliyatimni to‘xtatganman. Ko‘pgina pulim odamlarda qolib ketti. Judayam asta astalik bilan oz ozdan ba’zilaridan pul yig‘ilyapti. Ayrimlaridam esa umuman pulni olib bo‘lmayapti. Lekin hech qaysisidan kechganim yo‘q. Ramazon oyida zakot beray desam qo‘limdagi mablag‘ ko‘chadagi pullarimdan zakot miqdorichasi chiqmaydi. Ko‘p hollarda yig‘ilgan pulni ishlatib yuboraman. Sizlardagi savol javoblardan o‘qigan edim: agar sizdan boshqalar qarz bo‘lsa o‘sha qarzni olganingizdan keyin o‘tgan yillarga zakot chiqarsangiz bo‘ladi degan ma’nodagi. Men ham pullarni yig‘ib olsam sekin sekin zakotlarni beraman degan niyatda yuribman. Savolim shuki menga hozir biron kishi zakot bersa olishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 17:02 | Savol-javoblar | 150 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar