Menga harommi?
Assalomu alaykum! Bolalar kasalxonasida klinik ordinator (2 yil davomida o‘qib, o‘rganib, ma’lum shifoxonada ishlar qilinadi) blib ishlayman! Bo‘limda bemorlarga xar kuni bepul ovqat beriladi. Deyarli xar safar ovqat olinmasdan ortib isrof bo‘ladi, tashlab yuboriladi yoki ba’zi tozalik xodimadari tomonidan uyga, chorvaga deb olib ketiladi. Savolim, ba’zida shu ovqatdan eyish menga xarom bo‘lmaydimi? Chunki rasman bemorlar soniga qarab beriladi. Alhamdulillah, o‘zimga to‘qman, faqat isrof kam bo‘lishini xoxlayman. Savolim tushunarli bo‘ldi deb umid qilaman! Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U faqat bemorlar uchun qilinsa ishchilarni undan eyishga haqqi yo‘q bo‘lsa eyishingiz joiz emas. Emagan kishilar o‘zlari siz eyavering deb ruxsat berishsa siz eyishingiz mumkin. Chunki bu ularning haqqi edi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 14:53 | Savol-javoblar | 174 | Halol va harom