To‘yda beriladigan pul hukmi

Assalomu alaykum! Bugun saytdan izlash hizmati orqali to‘ylarda beriladigan to‘yona haqida juda o‘zim uchun kerakli xulosalarni oldim. Shu paytgacha meni ham 10 ga yaqin sinfdoshim uylangan va ularga 2 kg go‘sht narxida to‘yona berib kelganman. Savolim shundan iboratki: 1) Endi men uylanganimda shu bergan pullarimni olishdan bosh tortsam bo‘ladimi? Ya’ni avval boshida berishda qarz sifatida mengayam qachondir qaytaradiku deb berganman, endi esa qaytarmasayam mayli deb uylangan paytim pul yig‘adigan kassir o‘rtog‘imga umuman hech kimdan pul yig‘maysan deb bergan odamlarimdan ham olmasam bo‘ladimi? 2) Endi kelajakda sinfdoshlarim uylansa qaytarishini umid qilmasdan to‘yona bersam (hursandchilik kuniga sherik bo‘lish maqsadida chin ko‘ngildan). Va men uylanganda ular ham menga to‘yona deb pul bersada lekin ularni niyati qarz maqsadida berish bo‘lsachi? Shunda nima qilaman? 3) yoki endi umuman sinfdoshlarim to‘yiga to‘yona bermay borib kelaveraymi? Nimani maslahat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Berganingiz yozilgan bo‘lsa o‘sha berganizchasini olishingiz ham joiz. Oshnalaringizga tushuntiringda. To‘yona bersangiz ham umid qilmaydigan qilib bering. Ularga ham bersanglar umid qilmanglar deb ayting. Umid qilsanglar bermay qo‘yavering deb ayting. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:53 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar