Qizni chiqargandan keyingi ba’zi holatlar

Assalomu alaykum! Dinimizda ayol erga teggach erini xukmida bo‘lishi kerakligini, so‘ramasdan ko‘chaga chiqishi, pul ishlatishi va hokazo mumkin emasligini bilaman. Va bunga bo‘ysinamiz. Lekin savolim quyidagicha : 1. Faqat qiz farzandi borlar barchasini uzatgach, agar kuyovlar xech qaysisi qizning ota onasi bilan yashashni xoxlamasa ota ona o‘lgunicha yolg‘iz yashashga mahkummi? Bunda sog‘ kunlarda xam qari ota onaga yordamchi kerak bo‘ladiku? 2). Bu vaziyatda ota onani nafaqasi kimni bo‘yniga tushadi? Qizinimi(qiz ishlamasachi) yoki kuyovnimi? 3). Qiz uzatayotganda kuyovga islomga zid bo‘lmagan shartlar, misol uchun qizimiz xar 2-3 kunda kelib xizmatimizni qilib turadi, 2-farzandini yonimizda olib yashaymiz yoki imkon qilib bizga yaqin joyda yashaysizlar (yoki birga) kabi shartlar qo‘ysa bo‘ladimi? Axir 3-4 qiz o‘stirib keyin yolg‘iz qolish to‘g‘risi alam qiladi-da. Sharttakilik uchun uzr, bu savolni telegram tarmog‘iga qo‘ysangizlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatimiz bu holatni ham e’tiborga olgan. Qiz tarbiya qilganlarning qizlari zimmasiga ota-onaning nafaqasi, dori-darmonlarining pullari vojib bo‘ladi. Faqat o‘g‘ilga vojib bo‘ladi degan gap mutlaqo noto‘g‘ri. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 15:04 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar