Qabristonda tilovat qilish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir kitobdagi masalaga tushunolmayapman iltimos menga to‘g‘ri mazmunni ochib besangizlar! Savolimning mazmuni shundan iboratki, MIRZO AXMAD XUShXNAZARNING 2005 yilda chiqarilgan «Qabriston ziyorati odobi» kitobining 31-saxifasida: «Xazrati Imom A’zam-abu Xanifa rahmatullohi alayh qabristonda qur’on tilovat qilishni makruh deganlar» deb yozilibdi. Jumlaning davomida: Hazrati Imom Muxammad rahmatullohi alayh esa makrux emas deganlar» deb yozilipdi. Muxtor, ya’ni tanlangan qavl ana shu deyilibdi.
1.Savol: qabristonda qur’on tilovat qilish makruhmi yoki makrux emasmi?
2. Makrux ekanligiga dalil bormi yoki makrux emasligiga dalil (xadis) bormi.
3. «Kimiki bir qabriston yonidan o‘tsa ixlos surasini 10 marta o‘qisa, savobini u erdagilarga bag‘ishlasa, unga shu qabriston o‘liklarining adadicha savob yoziladi» deb xadis keltirilibdi yuqoridagi kitobda lekin ushbu xadis kimdan rivoyat kilingan, isnodi xakida xech narsa yozilmagan.
4. Yosin va boshqa suralarni o‘qish xakida xam xadislar keltirilgan lekin rivoyat qilganlar, isnodi xakida xech narsa yozilmagan. Sizlardan iltimos, qabristonda Qur’on o‘qish xaqida dalillar keltirilgan xolatda aniq javoblar bersangiz chunki men juda katta aqlim etmaydigan savollar ichida qoldim. Ba’zi bir kishilar bid’at, bid’at xasana deyishdi. Imom A’zam bizning mazhabimiz boshchisiku, U kishi adashib aytvoradigan yoki shunchaki gapiradigan odam bo‘lmaganlarku, to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Makruh emas. Issiq o‘lkalarda qabristonning yaqiniga borilsa jasadlarning xidi kelib turadi. Badbo‘y xid kelib turgan joyda tilovati Qur’on qilish makruh. Shuning uchun Abu Hanifa rahmatullohi alayh shu gapni aytganlar. Ya’ni qabristonda emas badbo‘y xidning oldida tilovat qilish makruh deganlar. Bizning diyorlarda unday badbo‘ylik yo‘q. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 16:10 | Savol-javoblar | 197 | Dolzarb savollar