Oilada din
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, avvalo bu savolimdan oldindan uzur so‘rayman ammo sizdan maslahat kerak bo‘lgani uchun majbur bo‘ldim iltimos maslahat beringlar. Ko‘zimga nima xato nima to‘g‘riligi ko‘rinib bormoqda shunga uydigilarimni ham sekin sekin ora orada aytib qaytarib tursam meni noto‘g‘ri tushunishmoqda. Uyda kitob o‘qib o‘tirganimga batan, dovdir, tarkidunyo qvorvossan bilvossami deb urshishvotti. Oddiy bir muzikani kamroq eshiting deb aytsam rosa gap eshittim. Sababini chiroyli tushuntirdim xusni odob bilan muomilada bo‘lsam ham mani g‘alatiga chiqazishvotti. Manga bu juda qattu ta’sir qivotti demak dunyoda hech narsa qilib bo‘lmasakande a deb. Muzika eshitsa gunoh zamonaviy to‘ylar bo‘lsa gunoh deb bir muncha savollar bilan mani sal hijolat qilib qo‘yishvotti. Yoshim 20da to‘y masalasida esa orzularga berilishgan, men esa islomiy to‘y qilamiz desam unga ham gap eshittim. To‘g‘risi ota onamni boshimda ko‘taraman ularni qattiq hurmat qilaman, lekin ular meni xuddi umidimiz faqat sendan edi endi sen ham boshingni kitobdan ko‘tarmay yuraverchi nima bo‘larkin deb jaxl qilishmoqda. Maslahat beringlar ustozlar, kechalari ota onamga duodaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shuning uchun avval ular sizni gapingizni qabul qiladigan darajaga ko‘tariling. Bir sohani etuk mutaxassisi bo‘ling, komil musulmon qiladigan muomala egasiga aylaning. Avval ikki rak’at namoz o‘qib Alloh taolo ularni hidoyat qilishini so‘rab keyin gapiring. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning ayoli Asmo roziyallohu anhoning onasi eri, qizi, o‘g‘illari musulmon bo‘lishganiga bir necha yil o‘tganidan keyin islomga kirgan. E’tibor bering, Abu Bakr Siddiqning ayoli... Siz ham shoshmang. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 12:33 | Savol-javoblar | 136 | Ruhiy tarbiya