Nogiron singlimizning savoli

Assalomu alaykum! Singlimiz avtohalokatdan so‘ng alhamdulillah tirik, lekin nogiron bo‘lib to‘shakda yotadi. Hozirda parvarish va doimiy birovning yordamiga muxtoj. Uni nisobga etgan molidan zakot bersa bo‘ladimi yoki o‘zining ixtiyojiga ishlatish durustmi? Qurbonlik qilmoqchi edi, shunga avval farz amalni qilib keyin vojib bo‘lgan qurbonlikni qilay degan muloxazada savol so‘radi. Javob uchun oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo shifoi komil bersin. Moli nisobga etgan bo‘lsa zimmasiga zakot farz hamda qurbonlik qilishi vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 15:03 | Savol-javoblar | 165 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar