Internetda kelgan ma’lumotlarni tarqatib ajr, savobga ega bo‘lamizmi?

Assalomu alaykum! Sizlarga murojaat qilayotganimning boisi ba’zi mavzularda ikkilanish, tushunmovchilik paydo bo‘layotganidir. Telegramda «Qalbimizda ezgulik» kanaliga obuna bo‘lganman. Bugun ushbu kanalda quyidagicha malumot keldi: «Qur’onni qo‘lga olsang, shayton g‘azab qiladi. Uni ochsang, shayton yig‘laydi. «Bismillah»ni aytsang, ichidan zil ketadi. Tilovatni boshlasang, behush yiqiladi. Ushbu hikmatni birovlar bilan baham ko‘rmoqchi bo‘lsang,seni to‘xtatishga harakat qiladi. Biroq iymoning shaytondan kuchlidir, inshaalloh. Bu hikmatni tarqatgin, inshaalloh, senga ajr bo‘ladi.». Yana bir boshqa kanaldan kelgan xabarga ko‘ra: «Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) aytganlar: «Agar ummatimga kim birinchi bo‘lib Ramazon oyini qaysi kuni kirishini eslatsa jahannam o‘tlari ul insonga xaromdur. Inshaalloh.»» deyilgan. Ushbu malumotlar qanchalik to‘g‘ri? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Ilmingizni Alloh bundanda ziyoda qilsin. Inshaalloh.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan gaplar to‘qima hadislar bo‘lib, uni birovga rivoyat qilish va tarqatish gunohi kabiradir. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 16:10 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar