Soqolni faqat iyakda o‘stirish haqida

Sizga Allohdan ikki dunyo saodatini so‘ragan holda, quyidagi savolni bermoqchiman:
"Hadis va Hayot" silsilasining 17-juzi "Liboslar kitobi"da Ibn Abbosdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinga hadisda Nabiy sollallohu alayxh vasallam: Oxir zamonda soch-soqolini kabutarni to‘shiga o‘xshatib qoraga bo‘yaydigan qavmlar bo‘lur, deydilar.
Sharhda: Ulamo ahllarimiz oxir zamonda bir qavmlar bo‘lurki, ular soqolini kabutarning to‘shiga o‘xshatib faqat jag‘lariga qo‘yurlar. Bunda sunnatga xiloflik bor va bu qoralangan deyilgan.
Savolim: Meni faqat jag‘imda sokolim bor, men endi nima qilishim kerak? Maslahat bersangiz.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Boshqa joyda bo‘lmasa, borini qo‘ying.

29 Aprel 2022, 17:16 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar