Qarz va sheriklik

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Biz bundan 5 yil avval ya’ni 2012-yillari o‘rtog‘imdan 2000$ ish qilish foida qilish maqsadida olgan edim har oyiga ishimizni unumidan 200-250$ foyda berb turardik va tahminan 10 oylar ishlaganimizdan keyin o‘rtog‘im menga yana 5000$ pul qo‘shishini aytdi va qo‘shdi ishimiz yahshi edi shunda jami summa 7000$ bo‘ldi va hisob kitobimizda har oy tahminan 700/750$ lar foida olar edi. Oradan br oz vaqt o‘tib (tahminan 7-8 oy) o‘rtog‘im menga 2000$ pulni qaytib berishimni so‘radi men unga 2000$ pulini qaytib berdim va menda o‘rtog‘im ishga qo‘ygan pulidan  jami 5000$ qoldi. Ishimiz davom etdi va bu pulga 3-4 oy 500$ va 10 oy 250-300$ dan foida qilib berdim. 2014-yilning so‘ngida man X isimli shahs orqali ishlar edim X ismli shahs bizani pullarimizga tushurib ketdi jami meni hamma sarmoyam 230000$ ga tushurdi bir so‘msiz qoldim. bu ishlar isbotlangan  2015- yilning mart oyigacham hech kimga habar bermadm va yonimdan bo‘lsa ham foida to‘ladim 1-2 oy. Mart oyining ohirida ma’lum qildim shundan beri do‘stim menga 5,500$ qarzsan deydi chunki ohirgi 1 oyga 500$ degan. Meni hozirda pulni qaytarish imkonim haqiqatdan ham yo‘q. Shunga o‘rtog‘im menga har hil qarz haqidagi hadislarni tashlayapti uyini sotib bo‘lsa ham berish kerek degan. Menga tegishlik hozirda hech narsa yo‘q uy ham mashina ham.  Meni savolim shundan iboratki 1: men aslida undan qarz olmaganman yoki qarzmanmi? 2: lekin usha 5,500$ ni qaytaraman deganman. Shunda ham menga hukm qanday? 3: hozrda u aytayotgan sen qarzsan deyishi bu to‘g‘rimi? 4: va men shar’iy tamondan qancha qarzdorman? 5: iltimos shularga oydinlik kiritb bersangiz Alloh mushkullarimizni onson qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomonning guvohligida ko‘rish kerak.  Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar.

29 Aprel 2022, 17:27 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar