Qur’on qiroati haqida
Assalomu alaykum! Hadislarda kelishicha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: kim Qur’onni menga tushirilganidek o‘qishni xohlasa Abdulloh ibn Mas’ud o‘qiganday o‘qisin deganlar. Ba’zi manbalarda o‘qishimcha bu qiroat xozirgacha meros bo‘lib etib kelgan ekan. Savolim, bizni yurtdagi qorilar yoki dunyoga mashxur qorilarni qaysilar shu qiroatda o‘qiydi? Iloji bo‘lsa qorilarni ismlarini aytib bersangizlar. Shu qiroatni judayam eshitishni xohlardim, chunki ba’zi qiroatlarni eshitsangiz (Alloh kechirsin) ashulaga o‘xshab ketadi. (so‘zim uchun uzr). Javob uchun oldindan minnatdorman azizlar!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Qiroat deganda, ko‘pchilik noto‘g‘ri tushunganidek qorilarning past-baland qilib o‘qigan ovozlari yoki Qur’onni maqomga solib o‘qishlari emas, balki Qur’on kalimalarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mutavotir yo‘l bilan etib kelgan rivoyatlarga ko‘ra o‘qish tushuniladi. U zotning “menga tushirilganday” deganlari, Jabroil alayhissalomdan qanday qabul qilib olgan bo‘lsalar, ya’ni Qur’onni ahkomlariga to‘liq rioya qilgan holda o‘qish va harflarni o‘z joyidan chiqarib mukammal tajvid bilan o‘qish tushuniladi.
Hozirda ovozlari yozilgan qorilar juda ko‘p. Shu qorilarning ichidan misrlik Qur’on va uning ilmlari olimi Mahmud Xalil Husoriyni eshitsangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 17:37 | Savol-javoblar | 144 | Qur’oni karim