Nega namoz arabiy tilda o‘qiladi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Mening bir nasroniy tanishim bor. U shunday nasroniy ediki, “Iso emas hamma sig‘inadigan bitta Xudoga sig‘inaman”, der edi. U ko‘pincha menga "Siz musulmonlar nega faqat arabiy tilda namoz o‘qiysizlar? Nima Xudo boshqa tillarni tushunmaydimi?", der edi va shuni sabab qilib olib, "buni o‘sha vaqtdagi arablarning o‘zlari shunday qilib olgan, men shu jihatni hech ham tushunmayman va bu noto‘g‘ri", der edi. Men unga ilmim etgancha tushuntirishga harakat qildim. Ammo u ishonmadi. Aytingchi, qanday qilib javob bersam to‘g‘ri bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qur’oni Karim arab tilida bo‘lgani uchun namoz o‘sha kitobning suralarini o‘qish bilan bo‘ladi. Alloh taolo namozda Qur’oni Karimdan o‘qishni buyurgan. Boshqa tilda undagi ma’nolarni ifoda qilib bo‘lmaydi.

7 May 2022, 09:11 | Savol-javoblar | 185 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar