Din to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Internetdan bir videoga ko‘zim tushdi. Unda Xindistonlik bir olim odam (Zakir Nayk) xristian va musulmonlar bir xaqli, agar xristian o‘z dinidagi kelgan ammalarga va ibodatlarga amal qilib yursa jannatga kiradi dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam orqali Islom dini Qur’on bilan bizga kelgan. Bashariyat uchun oxirgi din Islom va kitob esa Qur’on. Bu insonni gaplari qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz uni oxirgi gaplariga e’tibor qaratmapsiz. Unda ularning kitobi Tavrot va Injilda oxirgi payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam iymon keltirish kerakligi ham aytilgan. Ular bunga amal qilishmadi, o‘zlarining shariati bekor bo‘lib yangi kelgan payg‘ambarning shariatiga amal qilish kerak degan buyruqqa amal qilishmadi – degan joyini eshitmapsiz.  Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 18:10 | Savol-javoblar | 187 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar