Farzandimning to‘yiga atab olgan tilladan zakot beriladimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, farzandlarimning dekret, suyunchi kabi nafaqa pullaridan o‘zlarining to‘ylariga (kelinlik) atab tilla taqinchoqlar olib qo‘yganman. Xali oila qurmagani uchun menda turibdi. Xar birinikini aloxida xisoblasam nisobga etmaydi. Undan xam zakot beriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Savol: Qiz bolalarga olib berilgan tillo taqinchoqlarning zakoti kimga vojib bo‘ladi?
Javob: Agar qiz bolalarga taqinchoq olib beruvchi shaxs taqinchoqlarni vaqtincha taqib turasan demay ularga mulk qilib bersa, balog‘atga etib nisob sohibi bo‘lgunicha ularga zakot vojib bo‘lmaydi. Agar mulk qilib bermagan bo‘lsa, zakoti berguvi zimmasiga vojib bo‘ladi agar nisob egasi bo‘lsa (Umdatul fiqh).
Agar mulk qilib qo‘liga topshirgan so‘ng saqlash uchun olib qo‘ygan bo‘lsangiz ular farzandlaringizni shaxsiy mulklari hisoblanadi. Alohida mulk qilib  bermagan bo‘lsangiz sizning mulkingiz hisoblanib, zakotini berishingiz shart bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:06 | Savol-javoblar | 144 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar