Go‘shtning haloligiga shubxa bo‘lsa
Assalomu alaykum! Biz xozir boshqa shaxarda yashaymiz. Bu yurtdagi o‘qishlarda ovqat berialdi. Oshxonada doim 1 xil taom 3 xil ko‘rinshda bo‘ladi, ulardan biri halol emas ikkinchisi musulmonlar uchun bo‘ladi, ya’ni halol va cho‘chqa maxsulotlari bo‘lmaydi, uchinchisi esa go‘sht emaydigan(vegetarian)lar uchun. Aytib o‘tgan halol ovqatlarni shubxa bilan tanavvul qilaman, chunki bu qavimdagi odamlar halol go‘sht deb faqat cho‘chqa qo‘shilmagan taomlarni nazarda tutishadi. Shariatimizdagi “Bismillah”siz so‘yilgan go‘shtni eyish haromligini bilishmaydi. Shunday taomlarga mabodo “Bismillah” aytilmasdan so‘yilgan havonni go‘shtini solishgan bo‘lsa, taomni eyishda “Bismillah” deb eysam bo‘ladimi yoki eyishni bas qilaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bas qiling yoki vegetarian(go‘sht qo‘shilmgan)ning taomidan eng. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bas qiling yoki vegetarian(go‘sht qo‘shilmgan)ning taomidan eng. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom