Og‘ir dars

Assalomu alaykum! Meni bir dardim bor buni hech kimga aytmaganman 1 yil oldin men rus tilini o‘rganish uchun qo‘shimcha darsga bordim (ustozni yomonlab gunohini olmoqchi emasman lekin aytmasam juda juda qiynaldim) ustoz boshida juda aqlli insonga o‘hshadi lekin keyin u meni shunday yaqin oldiki o‘zim ham hayron qoldim u menga aytdi agar sen boshqa millat tilini o‘rganmoqchi bo‘lsang ular o‘ylaganday o‘ylashing kerak dedi u ustoz aslida o‘zbek lekin 18 yoshigacha Rossiyada yashagan Injilni ham Qur’onni ham o‘qib tugatgan. Menga ruslar haqida ularni dini ham yolg‘on din emasligi haqida juda ko‘p gaplar gapirdi menga xristianlar dinsiz ateistlar ham bir tomondan haq ekanligi ular juda aqlli insonlar ekanligini aytdi menga injilni o‘qishni taklif qildi men uydagilarim bu maqsadimni eshitib meni rus tiliga jo‘natmay qo‘yishdi (Allohga shukur, agar chiqarib olishmaganda bilmadim hozir qanday ahvolda bolardim Astag‘firulloh) keyin men juda hafa bo‘ldim, keyin xuddikiy ichimga bir shayton kirib olgandek bo‘ldi Qur’on kitobni ochsam miyamda shunday nohush ovozlar aylanardikiy o‘qirdim ular o‘qima bu yolg‘on derdi o‘qiganimga ishonmay qo‘ydim lekin qalbimda bir ovoz o‘qi deyaverardi lekin o‘qima degani juda kuchli edi keyin men ming afsuslar bo‘lsinki og‘zimdan shunday bir so‘z chiqib ketdi aytdim Alloh o‘zi bormikin ahir bu haqida isbot yo‘qku deb yubordim. Shu gapni aytguncha tilim kesilsa bo‘lmasmidi men keyin namoz o‘qishni boshladim istig‘for aytdim ro‘za tutdim dinim asta sekin mustahkamlana boshladi bir kuni tahajjudga turib namoz o‘qidim rosa yig‘ladim Alloh kechir dedim. Ana shu paytda ichimdagi shayton gapirmadi lekin bu voqeaga bir yil bo‘lgan bo‘lsada men barcha din buyurgan buyruqlarni bajarishga qo‘limdan kelgancha harakat qilsam va internet va kitoblar orqali islom dinini chuqurroq o‘rgansam ham barbir anashu shaytonni ovozi o‘chmagandek lekin men Payg‘ambarimiz haqida filmlar ko‘rsam shunday yig‘layman men sizga munosib ummatmanmi Fotima onamizdek qizmanmi deb men islom nuri ostida yorug‘likda emasdekman. Nima qilsam bu shaytonni ovozi butunlay o‘chadi men halos bo‘laman yoki bu dog‘ butun umr menga tamg‘adek bo‘lib yuradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aslo tushkunlikka tushmang, astoydil tavba qiling va Allohga umidni qattiq qiling. Ayni vaqtda Allohdan qo‘rqishda ham mustahkam bo‘ling.
U Zot seni O‘ziga butunlay kaytarish uchun senga u(shayton)ni dushman qildi. U Zotga yuzlanishing bardavom bo‘lishi uchun nafsni ziddingga harakatlantirdi.
O‘tgan hikmatda shayton insonga eng asosiy yomonlik qiluvchi ekani, uni har bir yo‘lning boshida poylab turib, har bir ishini buzishga, Alloh taologa gunoh qilishga, U Zotga osiy bo‘lishga undashi, u la’nati bandaga yomonlik etkazish borasida bir zum ham beparvo bo‘lmasligi haqida so‘z yuritilgan edi. Ibn Atoulloh Sakandariy rahmatullohi alayhning ushbu hikmatida esa o‘tgan hikmatning ma’nosidan kelib chiqadigan «Nima uchun Haq subhanahu va taolo shaytonni insonga dushman qilib qo‘ygan?» degan savolga javob berilmokda. Shu bilan birga, mazkur ashaddiy dushman - la’nati shayton bilan birga insonning boshqa bir dushmani - nafsi ham borligi haqida ma’lumot berilmoqda.
«U Zot seni O‘ziga butunlay qaytarish uchun senga u - (shayton) ni dushman qildi».
 Hikmatning ushbu birinchi bo‘lagining ma’nosi - Alloh taolo shaytonni insonga dushman qilib qo‘yganiga sabab, u (inson)ning Uziga bir yo‘la qaytishini, doimo O‘ziga bog‘lanib turishini ta’minlash bo‘lgan. Va bu shaytonning yaratilishidagi asosiy hikmatdir.
Alloh taolo hakim Zotdir. Uning ishlarining birortasi behikmat emasdir. Jumladan, barcha yomonliklarni yaratishi ham behikmat emasdir. Buyuk bobomiz, Ahli sunna val jamoa mazhabidagi mӱminlarning aqiydasini to‘g‘rilovchi, hidoyat imomi degan unvon egasi Abu Mansur Moturidiy rahmatullohi alayhning Haq subhanahu va taoloning borligiga yomonlikning mavjudligini dalil qilib keltirishlari bejiz emasligini shundan tushunib olamiz. Ya’ni dunyoda yomonlik bo‘lmasa, yaxshilikning qadriga etib bo‘lmaydi.
Shaytonning yaratilishidagi birinchi hikmat.
Inson zotini yo‘qdan bor qilgan Zot - Haq subhanahu va taolo uning tabiatini ham nihoyatda yaxshi biladi. Shuning uchun bandasini O‘ziga butunlay kaytarish, O‘zidan zinhor uzoklashtirmaslik hikmati ila la’nati shaytonni yaratib qo‘ygan. Shayton har bir yӱlning boshida o‘zini poylab turganini va undan bir lahza ham beparvo bo‘lmasligini bilgan inson doimo Alloh taolodan panoh tilab turadi, doimo U Zotning O‘ziga qochadi. Bu barcha yomonliklarning asli bo‘lgan la’nati shaytonning yaratilishidagi birinchi hikmatdir.
Shaytonning yaratilishidagi ikkinchi hikmat.
Haq subhanahu va taolo shaytonni orning sochig‘i bo‘lishi uchun yaratgandir. Ya’ni barcha kirlarni, iflosliklar, sodir etilgan gunohlarni unga nisbat beriladigan qilib qo‘ygan. Bu haqiqat Qur’oni Karimda o‘z ifodasini topgan.
Alloh taolo Qasas surasida marhamat qiladi:
 «Va u shaharga uning aholisi gaflatdaligida kirdi. Unda urushayotgan ikki kishini ko‘rdi. Bunisi o‘z guruhidan, unisi esa dushmanlaridan edi. Bas, o‘z guruhidan bo‘lgan dushman bo‘lganga qarshi undan yordam so‘radi. Shunda Muso uni bir musht urib, o‘ldirib qo‘ydi. U (Muso): «Bu shaytonning ishidir. Albatta, u ochiq-oydin dushman va yo‘ldan ozdiruvchidir», dedi» (15-oyat). Banu isroillik kishi Muso alayhissalomdan qibtiyga qarshi yordam so‘radi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Muso alayhissalom qavmlari ichidagi nochorlarga har doim yordam berib yurganlar. Shuning uchun ham haligi Banu isroillik u zotni ko‘rishi bilan, darhol yordam so‘radi. Muso alayhissalom rozi bo‘ldilar. Qibtiyga yaqin bordilar va: «Shunda Muso uni bir musht urib, o‘ldirib qo‘ydi». Muso alayhissalom qibtiyni umuman o‘ldirmoqchi emas edilar. Uning o‘lib qolganini ko‘rib, qattiq afsuslandilar. «U (Muso): «Bu shaytonning ishidir. Albatta, u ochiq-oydin dushman va yo‘ldan ozdiruvchidir», dedi». Muso alayhissalom bu ko‘ngilsiz ishni shaytonga nisbat berdilar va shaytonning inson uchun ochiq-oydin dushman hamda yo‘ldan ozdiruvchi ekanini ta’kidladilar. Alloh taolo Yusuf surasida marhamat qiladi: «..shayton men bilan akalarimning orasini buzganidan so‘ng...» (100-oyat) Bu so‘zlar Yusuf alayhissalomning so‘zlari bo‘lib, u zot ularni otalariga aytganlar. Akalari o‘zlariga qilgan yomonlikni shaytonga nisbat berganlar.
Alloh taolo Kahf surasida marhamat qiladi: «U: «Buni qara, xarsangta joylashganimizda, men baliqni unutibman. Faqat shaytongina uni eslashimni unuttiribdi. Ajabo, u dengizga yo‘l olibdi», dedi» (63-oyat).
Tushlik payti baliq yodlariga kelganda, uni tushirib ko‘yishgani ma’lum bo‘ldi. Hamroh yigit faqatgina Muso alayhissalom tushlik so‘raganlaridan so‘ng baliqning yӱqligini bildi. Avvalgi, xarsang toshga suyanib dam olgan joylarida baliq suvga tushib, suzib ketganini payqab qoldi. Hamda bu ishdan g‘oyatda ajablanganini bayon qildi. Shu bilan birga, o‘zining esidan chiqarib qo‘ygan aybini shaytonga nisbat berdi. Hayotda yomon ishlarni, ma’siyatlarni va gunohlarning barchasini, or-nomus bo‘ladigan ishlarni shaytonga nisbat berish barcha xalqlarning odatiga aylangani sir emas. Mana shu la’nati shaytonning yaratilishining bir hikmatidir.
Shaytonning yaratilishidagi uchinchi hikmat.
Haq subhanahu va taolo la’nati shaytonni O‘z ning ziddiga yaratgandir. Payg‘ambar alayhissalomlar hidoyatta chorlaydilar, shayton esa zalolatga chorlaydi. Oqibatda ikki tarafga ergashuvchilarga qarab pok nopokdan ajraydi. Payg‘ambarlarga ergashganlar mӱmin, shaytonga ergashganlar kofir bo‘ladilar. Shu bilan birga, shaytonning makri kuchsiz ekanini ham bilib qo‘yish lozim. Inson o‘zini bilsa, Haq subhanahu va taolo tӳg‘risida haqiqiy ma’rifatga erishgan bo‘lsa, shay- rasullari- tonning vasvasasiga uchmasligi aniq.
Alloh taolo Niso surasida marhamat qiladi: «Albatta, shaytonning hiylasi zaifdir» (76-oyat). Kim shayton o‘zining dushmani ekanini yaxshi bilsa, u bilan aloqasini tamomila uzsa, Haq subhanahu va taolodan panoh topsa, u la’natidan omonda bo‘ladi.
Alloh taolo Nahl surasida marhamat qiladi: «Albatta, iymon keltirganlarga va Robblariga tavakkul qilganlarga u(shayton)ning xukmronligi yo‘q” (99-oyat).
Shayton qancha urinmasin, qancha vasvasa qilmasin, Allohga iymoni bor odamni yo‘ldan ura olmaydi. Chunki mo‘min odamning qalbi Allohga bog‘liq bo‘ladi. Allohga bog‘liq qalbga esa na vasvasa ta’sir qiladi va na g‘ulg‘ula tushadi. Allohgagina tavakkul qiladigan, faqat Ungagina suyanadigan mӱminlar boshqa tomonga umuman qiyo boqmaydilar. Shuning uchun ham shayton mo‘minga va Allohga tavakkul qiluvchi shaxsga sultonini — xukmini o‘tkaza olmaydi. (Hislatli hikmatlar sharhi kitobidan). Vallohu a’lam!

11 May 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 172 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar